Ravshan Ermatov Osiyo Kubogi finalini boshqaradi
1-fevral kuni Osiyo Kubogi-2019 finali bo‘lib o‘tadi. Finalda Qatar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da Abu Dabidagi «Zayed Sports City Stadium» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Qatar termasi mezbon BAAni 4:0 hisobida yengib finalga chiqqan bo‘lsa, Yaponiya esa Eronga javobsiz 3ta to‘p farqi bilan yenggan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter