Rasman! Boks bo‘yicha Tokio-2020 jahon litsenzion musobaqasi bekor qilindi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan boks bo‘yicha Tokio-2020 litsenzion musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi ushbu sport turi bo‘yicha Parijda o‘tishi rejalashtirilgan jahon litsenzion musobaqasi bekor qilinganini rasman tasdiqladi. Bu borada barcha Milliy olimpiya qo‘mitalarga rasmiy xabar yuborilmoqda.
Xabarda butun dunyoda yangi epidemiologik vaziyatning qayta avj olayotgani, sportchilarning salomatligini himoya qilish tashkilotning asosiy maqsadi ekani sabab qilib ko‘rsatilgan. Shu tariqa, iyun oyida Parijda o‘tadigan jahon litsenzion musobaqasi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Hozirda boks bo‘yicha 53 ta yo‘llanma (32 erkaklar va 21 ayollar) taqsimlanmay qolgan edi. Ma’lum qilinishicha, ushbu kvotalar barcha qit’alarga bokschilarning Olimpiya vazn toifalaridagi reyting pog‘onalariga qarab tarqatiladi. Bunda so‘nggi 4 yil (2017-2021) orasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqalar inobatga olinadi. Bungacha o‘tkazilmagan Amerika va Yevropa qit’alaridagi saralash musobaqalari may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan yil Iordaniyada o‘tgan litsenzion musobaqa orqali 7 ta (6 erkak va 1 ayol) yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter