Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: «Barselona» «Man Siti» hujumchisini sotib oldi

Rasman: «Barselona» «Man Siti» hujumchisini sotib oldi

Kataloniyaning «Barselona» klubi 21 yoshli hujumchi Ferran Torres bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan besh yillik shartnoma imzolaydi.

Bu borada klub «Manchester Siti» bilan futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Futbolchining tovon puli 1 milliard yevro qilib belgilangan.

Futbolchi «Barselona»ning yangi a’zosi sifatida 2022 yilning 3 yanvar kuni «Kamp Nou»da muxlislarga tanishtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring