Rasman: «Barselona» Kike Setenni iste’foga chiqardi
«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten «Bavariyadan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyat (2:8)dan so‘ng ko‘p o‘tmay iste’foga chiqarildi. Bosh murabbiy iste’fosini katalon klubining kursisi qimirlab qolgan prezidenti Jozep Bartomeu jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Seten bo‘shatildi», — Bartomeudan iqtibos keltirdi «Tiempo de Juego». 61 yoshli murabbiy ko‘k-anorranglilar boshqaruvini o‘tgan yil yanvarida, Ernesto Valverde iste’fosidan so‘ng qo‘lga olgandi.
Shuning barobarida «Barsa» yetakchisi Lionel Messi ham Kataloniyani tark etishi haqidagi gap-so‘zlar aslo to‘xtamayapti. Messi yaqinda Milan shahrida — «Internatsionale» klubi ofisi atrofidan uy sotib olgani haqida ma’lumotlar bor.
Seten bilan birga uni oxirgi daqiqalargacha qo‘llab kelgan sport direktori Erik Abidal ham ketishi haqiqatga yaqin. «Diario Sport» xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar argentinalik murabbiy Maurisio Pochettinoga «1+1» tartibidagi shartnoma taklif etishmoqda. Bundan tashqari, klub italiyalik Massimiliano Allegri va fransuz Terri Anri bilan muzokaralar olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter