Qozog‘istonda uch nafar bokschimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi

Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha «Elorda kubogi» o‘z yakuniga yetdi.
Dunyoning ko‘plab terma jamoalari yetakchi sportchilari bilan qatnashgan musobaqada hamyurtlarimizham ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Bokschilarimiz orasida Dilshod Abdumurodov (-60 kg), Havasbek Asadullayev (-71 kg) va Jahongir Zokirov (+92 kg) o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-71 kg: Havasbek Asadullayev
+92 kg: Jahongir Zokirov
Kumush medal:
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
Bronza medal:
-51 kg: Asilbek Jalilov
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-92 kg: Nusratbek Tohirov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter