Qishki Olimpiadada qatnashadigan ikki nafar sportchimizni kuzatish marosimi o‘tkazildi
Xabaringiz bor, 9-25-fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Olimpiadada ikki nafar sportchimiz, Misha Ge (figurali uchish) va Komil To‘xtayev (tog‘ chang‘isi) bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan delegatsiyani kuzatish marosimi o‘tkazildi.
Olimpiadaning ochilish marosimida Komil To‘xtayev O‘zbekiston bayroqdori bo‘lishi e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter