Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar-2022: Gollandlar Senegalga qarshi o‘yinning oxirida «kalla»ni ishlatishdi

Qatar-2022: Gollandlar Senegalga qarshi o‘yinning oxirida «kalla»ni ishlatishdi

Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionatining A guruhi vakillari — Niderlandiya va Senegal birinchi tur doirasidagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Durangga qarab ketayotgan o‘yinning 84-daqiqasiga kelib hisob ochildi. «Alvon lolalar»ning 23 yoshli forvardi Kodi Gakpo Frenki de Yongning uzatmasidan so‘ng boshi bilan to‘pni raqib darvoza to‘riga joylab qo‘ydi.

Hakam ikkinchi bo‘limga qo‘shib bergan daqiqalarda Devi Klassen gol urib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi.      

Niderlandiya – Senegal – 2:0

Gol: Kodi Gakpo (84), Devi Klassen (90+9).

Guruhdagi ilk o‘yinda mundial mezboni Qatar Ekvadordan 0:2 hisobida yengilgan edi.

Bugungi kunning so‘nggi o‘yini (soat 00:00 da) AQSh va Uels o‘rtasida boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring