Qarshiliklar 20 ming muxlisni uyaltirib qo‘ymadi
Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan «Nasaf» - «As Sadd» uchrashuvida mezbonlar kichik hisobda g‘alaba qozondi.
Bahs teng kurashlar ostida kechgan bo‘lsa-da, vakillarimiz kuchli raqibga munosib qarshilik qila oldi. Mehmonlar tarkibida yulduz futbolchisi Xavi jarohati sabab yo‘q edi. Uchrashuvdagi yagona g‘alaba golini penaltidan Aziz G‘aniyev 62-daqiqada kiritdi.
Ushbu o‘yinga 20 900 ta futbol muxlisi tashrif buyurdi.
OChL, 3-tur
«Nasaf» (Qarshi) — «As Sadd» (Qatar) 1:0
Gol: Aziz G‘aniyev, pen. 62.
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Azizjon G‘aniyev, Odiljon Hamrobekov, Bobir Abduholiqov, Islom Kenjaborev, Igor Golban, Islom Rashidxonov, Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Jasur Hasanov, Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: Umidjon Ergashev, Maqsud Karimov, G‘olib G‘aybullayev, Sanjar Rashidov, Sharof Muhitdiov, Jahongir Aliyev, Xudoyorxon Sa’dullayev.
«As Sadd»: Saad Ash Shib, Pedro Korreya, Yosir Iso, Jukurta Hamrun, Bag‘dod Bonejax, Hamid Ismoil Halifa, Abdulkarim Hasan, Bualem Xovxiy, Salim Ali An Najriy, Ahmad Suhayl, Akrom Hasan Afif.
Zaxira: Meshal Barsham, Ahmad Badirsayyor, Musaad Xidir Muhammad, Ali Asadilla Taymin, Hasan Al Haydos, Hasan Ahmad Palang, Ali Faridun Shohusayniy.
Ogohlantirishlar: Saydullo Rahmatov (21) - Axmad Suhail (19), Salim Ali Alxajri (61).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter