«PSJ» jiddiy yurish qildi: YeChLda birinchi finalchi aniqlandi

Yevropa Chempionlar ligasining ilk finalchisi aniq bo‘ldi. Lissabondagi «Da Lush» stadionida o‘tgan yarimfinal o‘yinida «PSJ» Germaniyaning «Leypsig» klubini yirik hisobda yengdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida Markinos va Di Mariya gol kiritishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Xuan Bernat hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa «PSJ» o‘z tarixida ilk bor YeChL finaliga chiqdi. Ikkinchi finalchi nomi bugun, «Bavariya» hamda «Lion» jamoalari o‘rtasidagi bahsda aniqlanadi.
Leypsig – PSJ 0:3
Gollar: Markinos (13), Di Mariya (42), Bernat (56).
Leypsig: Gulachi, Anxelino, Upamekano, Mukiyele, Klostermann (Orban, 82), Laymer (Xalstenberg, 62), Zabitser, Kampl (Adams, 64), Olmo (Shik, 46), Nkunku (Forsberg, 46), Poulsen.
PSJ: Riko, Bernat, Kimpembe, Tiago Silva, Markinos, Paredes (Draksler, 83), Errera (Verratti, 83), Di Mariya, Kerer, Mbappe, Neymar.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (45), Laymer (61), Xalstenberg (79), Poulsen (79).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter