Prokuratura Anchelottini besh yilga qamatib yubormoqchi
Ispaniya prokuraturasi «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelottini soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblab, 5 yillik qamoq jazosini so‘radi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis 2014-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan davrda imidj huquqini noto‘g‘ri deklaratsiya qilgani uchun taxminan 1 million yevro to‘lamaslik bilan bog‘liq ikkita soliq jinoyatida gumon qilinmoqda.
Qayd etilishicha, Anchelotti «Real Madrid»dan Britaniya Virjiniya orollarida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya orqali taxminan 2 million yevro olgan va bu da’voga sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, «Real Madrid» 2023/24 yilgi mavsumni Chempionlar ligasida g‘alaba bilan yakunladi. 1 iyun kuni bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida Madridning «Real» klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Klub shuningdek, kataloniyalik «Barselona»dan o‘n ochkoga o‘zib ketib, Ispaniya chempioniga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter