Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

- 2021-yil yakuniga qadar Paralimpiya qo‘mitasi huzurida paralimpiya sport turlari bo‘yicha klublar;
- paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanadigan trenerlar va uslubchi-yo‘riqchilar, ko‘zi ojizlar, kar va zaif eshituvchilar, amputantlar bilan ishlovchi mutaxassislar (surdo, tiflo-surdo va xalqaro-surdo tarjimonlari) hamda boshqa kadrlarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Paralimpiya fakulteti;
- Paralimpiya qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti.

2021-2022 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, uning Nukus va Farg‘ona filiallari hamda boshqa tegishli OTMlarda «Paralimpiya» kafedrasi, shuningdek, «Adaptiv sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport» magistratura mutaxassisligi ochiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring