Prezident: «Kelgusida O‘zbekiston Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.
Prezident o‘z murojaatnomasida jamiyatda sog‘lom turmush tarzi va sportni yanada ommalashtirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.
«Mamlakatimizda qishki sport turlari bo‘yicha xalqaro talablar darajasida sportchilar tayyorlashning samarali tizimini yaratish kerak. Afsuski, hozirga qadar yurtimizda Olimpiya yoki Osiyo o‘yinlari kabi nufuzli sport musobaqalari o‘tkazilmagan. Kelgusida yozgi Osiyo o‘yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo‘yicha harakatlarni boshlashimiz kerak. Albatta, bu katta marra. Lekin biz bu marraga qodir ekanligimizni ko‘rsatsak, to‘g‘ri bo‘lar edi. Biz shunga munosibmiz desak, bu ham to‘g‘ri. Bu borada 3 oy muddat ichida tegishli choralarni ishlab chiqiladi», dedi prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter