Portugaliya — Millatlar ligasining ilk g‘olibi
Ilk marta o‘tkazilgan UYeFA millatlar ligasining g‘olibi aniq bo‘ldi. Portugaliya terma jamoasi o‘z uyida o‘tkazilgan musobaqaning finalida Gollandiyani kichik hisobda mag‘lub etdi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Gonsalu Gedesh jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berib, gollandlar darvozasini ishg‘ol qildi.
Qolgan daqiqalarda Kuman shogirdlari hisobni tenglashtirish uchun harakat qilishdi. Ammo Farnendu Santush jamoasi ishonchli himoyalanib, raqibning gol urishiga yo‘l qo‘ymadi.
Natijada Portugaliya terma jamoasi UYeFA millatlar ligasi g‘olibiga aylandi.
UYeFA Millatlar ligasi, final
Portugaliya – Gollandiya 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 60 Gedesh.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Diash, Gerreyru, Nelson Semedu, Fonte, Bernardu Silva, Danilu Pereyra, Gedesh (Rafa Silva, 75), Brunu Fernandesh (Moutinyu, 81), Vilyam Karvalyu (Ruben Nevesh, 90), Ronaldu.
Gollandiya – Sillessen, de Ligt, Blind, Dumfris, van Deyk, Depay, de Ron (de Yong, 81), Bergveyn (van de Bek, 60), Veynaldum, Babel (Promes, 46), de Yong.
Ogohlantirishlar: Dumfris (88), de Yong (90).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter