Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Portu» 30-marotaba Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritdi

«Portu» 30-marotaba Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritdi

Foto: «Caliber»

«Portu» safarda «Benfika»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Portugaliya chempionati so‘nggi turi arafasida mamlakat chempioniga aylandi.

G‘alaba to‘pini ikkinchi taymga qo‘shib berilgan 6-daqiqada Zaydu Sanusi kiritdi.

«Portu» 33 o‘yinda 86 ochko to‘pladi va 32 o‘yindan so‘ng 79 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan Lissabonning «Sporting» jamoasidan yeta olmaydigan darajada uzoqlashdi.

«Benfika» hisobida 72 ochko bor, Lissabonning bu jamoasi bronza medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

«Portu» 30-marotaba Portugaliyaning futbol bo‘yicha chempioniga aylandi.

Ma’lumot: «Portu» (Portu shahri) hamda Lissabonning «Benfika» va «Sporting» jamoalari Portugaliya «Katta uchligi»ni tashkil etadi, ya’ni eng sovrindor jamoalari. Portugaliya chempionatida «Benfika» 37 marta, «Sporting» 19 marta g‘olib bo‘lgan. Uch jamoa hisobida ham juda ko‘plab kuboklar va superkuboklar bor, ayniqsa, «Portu» va «Benfika» Yevropa maydonlarida ham yaxshigina nufuz qozongan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring