Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

PFL xodimi: «Talabalarni stadionga olib kelish uchun otning kallasidek yurak kerak»

PFL xodimi: «Talabalarni stadionga olib kelish uchun otning kallasidek yurak kerak»

Foto: Diyor Imomxo‘jayev kanali

PFL xodimi Diyor Imomxo‘jayev talabalarni stadionga majburan olib kelish haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

— Izohlarda muxlislarni stadionlarga majburan olib kelish haqida ko‘p gap boryapti. Sababini tushunmadim. Muxlislarni majburan olib kelish ahmoqlikdan boshqa narsa emas.

Masalan, «Paxtakor» stadionida muxlislar soni sezilarli ko‘paydi. Bu marketing hamda muxlislar faollarining tinimsiz harakatidir. Ular oliy o‘quv yurtlari hamda kollejlar bilan yaxshi ishlayapti. Hozirgi kunda biror talabani o‘yinga majburan olib borish uchun otning kallasidek yurak kerak, chunki bu holat 2 daqiqa ichida butun telegramni aylanib chiqadi.

Ammo o‘yinlar anonsi yaxshi bo‘lsa, jamoa TV bilan hamkorlik qilsa, muxlislar uchun sharoitlar yaratsa, odamlar qiziqib ham kelishi mumkin. Ayni kunlarda «Paxtakor» stadionidagi muhit ajoyib. Yaqinlarda ham VIP sektori huvillab yotardi. «Bunyodkor»ga qarshi uchrashuvni esa ikki klub prezidenti — Bobur Shodiyev va Ulug‘bek Ashurov tik turib kuzatdi. Chunki odam ko‘p. Ammo hozircha «Paxtakor» muxlislarni majburan olib kelayotgani borasida biror xabar o‘qiganim yo‘q.

Aytilmoqdaki, muxlislar bilan ishlash, ularning ichiga kirib borish shart. Biz muxlislar uchun o‘ynaymiz, degan ayrimlarning ko‘ryapmiz nima uchun o‘ynaganini: totalizator, futbolchini sotish, o‘yinni berish va hokazo. Futbol muxlislar uchun bo‘lganidan keyin, klub ularni stadionga chorlash ustida ish olib borishi kerak. Buning million usuli bor. Gap faqat shu haqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring