Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pep Gvardiola APLda yangi rekord o‘rnatdi

Pep Gvardiola APLda yangi rekord o‘rnatdi

Foto: «Football.ua»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya premer-ligasida yangi rekord o‘rnatdi.

Manchesterda 36-tur doirasida «Bornmut»ni qabul qilgan «Siti» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi taymdagi ikkita golni ham mezbonlar kiritishdi: 6-daqiqada — David Silva, 39-daqiqada — Gabriel Jezus. Mehmonlar faqat o‘yin oxirida, 88-daqiqada Devid Bruks urgan gol hisobiga oradagi farqni qisqartira olishdi.

Tahlilchilar keyinchalik APL tarixida yangi natija qayd etilganini aniqlashdi. «Manchester Siti» bosh murabbiyi dastlabki 150 ta o‘yinida eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Xosep Gvardiola hisobidagi g‘alabalar soni  111 taga yetdi. U Joze Mourino (105), Yurgen Klopp (92), Aleks Fergyuson (90) va Kenni Dalglish (85)lardan o‘tib ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring