Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pele yana kasalxonaga yotqizildi

Pele yana kasalxonaga yotqizildi

Afsonaviy futbolchi, 3 karra jahon chempioni braziliyalik Pele kimyoterapiya amaliyotlari o‘tkazish uchun kasalxonaga yotqizilgan.

Sobiq futbolchi bir necha kundan beri «Albert Eynshteyn» nomli klinikada davolanmoqda. ESPN telekanaliga ko‘ra, Pelening ichaklari, jigari va o‘pkaning boshlang‘ich qismlarida o‘simtalar aniqlangan.

Hozirgi paytda uning ahvoli yaxshi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham Pele shunday murakkab operatsiyani boshidan o‘tkazib, yo‘g‘on ichaklaridagi o‘simtani oldirib tashlagandi.

Pele — futbol bo‘yicha 3 marta (1958, 1962, 1970) jahon chempion bo‘lgan yagona futbolchi. U Braziliya termasida 92 ta o‘yinda 77 gol urgan. Braziliyaning «Santos» (1956-1974) va Amerikaning «Nyu-York Kosmos» (1975-1977) klublarida o‘ynagan.

Pele FIFA talqiniga ko‘ra XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Shuningdek, faoliyati davomida eng ko‘p — 1279 ta gol urgani uchun Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring