Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pele talqini: Bu mavsum Angliyada kim chempion bo‘ladi?

Pele talqini: Bu mavsum Angliyada kim chempion bo‘ladi?

Foto: «Championat.com»

«Championat.com» yozishicha, braziliyalik futbol afsonasi Pele «Twitter»dagi sahifasida Angliya premer-ligasining bu yilgi mavsumidan nimalar kutayotganini ma’lum qildi.

«Bugun Angliya premer-ligasi start oladi. Nima deb o‘ylaysiz, kim chempion bo‘ladi? Menimcha, «Liverpul» — Roberto Firmino va Alison Bekker bilan birga», — deb yozgan Pele.

APLning 2017/18 mavsumida «Manchester Siti» chempion bo‘lgandi. Xosep Gvardiola jamoasi rekord ko‘rsatkich — 100 ochko to‘plagandi. O‘sha mavsumda «Liverpul» 75 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qolgandi.

«Qizillar» oxirgi marotaba 1990-yili Angliya chempioni bo‘lishgan.

Birinchi divizion/Premer-ligadagi chempionlik g‘alabalari soni bo‘yicha «Manchester Yunayted» peshqadam (20 g‘alaba), ikkinchi o‘rinda — «Liverpul» (18 g‘alaba).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring