Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pekin olimpiadasining eng sovrindor sportchilari

Pekin olimpiadasining eng sovrindor sportchilari

Aleksandr Bolshunov, Yohannes Byo (o‘rtada) va Marte Olsbyu Royseland.

Foto: RIA Novosti / Getty Images / Biathlon.life

Pekinda XXIV Qishki olimpiada nihoyasiga yetdi, 91 mamlakatdan kelgan atletlar 7 sport turi (15 yo‘nalish) bo‘yicha jami 109 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishdi.

Pekindan 29 mamlakat vakillari medallar bilan qaytishdi.

105 nafar sportchi bittadan ko‘p medalni qo‘lga kiritdi, 12 nafar sportchi uch va undan ortiq medalli bo‘ldi.

Norvegiyalik biatlonchi Yohannes Tingnes Byo — Pekin o‘yinlari qahramoni: jami 5 ta medal — 4 ta oltin, 1 ta bronzani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Ikkinchi o‘rinda — Rossiya olimpiya qo‘mitasi vakili Aleksandr Bolshunov: jami 5 ta medal — 3 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza.

Uchinchi o‘rinda — norvegiyalik biatlonchi ayol Marte Olsbyu Royseland: jami 5 ta medal — 3 ta oltin, 2 ta bronza.

Pekin olimpiadasining eng sovrindor sportchilari

1. Yohannes Byo (Norvegiya, biatlon) — 4 oltin, 1 bronza (5 medal);

2. Aleksandr Bolshunov (ROQ, chang‘i poygalari) — 3 oltin, 1 kumush, 1 bronza (5 medal);

3. Marte Olsbyu Royseland (Norvegiya, biatlon) — 3 oltin, 2 bronza (5 medal);

4. Irene Sxauten (Niderlandiya, konkida yugurish) — 3 oltin, 1 bronza (4 medal);

5. Tereza Yoxaug (Norvegiya, chang‘i poygalari) — 3 oltin (3 medal);

6. Kanten Fiyon Maye (Fransiya, biatlon) — 2 oltin, 3 kumush (5 medal);

7-9. Tarey Byo (Norvegiya, biatlon) — 2 oltin, 1 kumush, 1 bronza (4 medal);

7-9. Yohannes Klebo (Norvegiya, chang‘i poygalari) — 2 oltin, 1 kumush, 1 bronza (4 medal);

7-9. Syuzanne Sxyulting (Niderlandiya, short-trek) — 2 oltin, 1 kumush, 1 bronza (4 medal);

10-12. Gu Aylin (Xitoy, fristayl) – 2 oltin, 1 kumush (3 medal);

10-12. Yohannes Shtrols (Avstriya, tog‘-chang‘i sporti) — 2 oltin, 1 kumush (3 medal);

10-12. Yorgen Grobak (Norvegiya, chang‘i ikkikurashi) — 2 oltin, 1 kumush (3 medal).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring