Pekin-2022. Medallarga da’vogar asosiy uch terma jamoa nomi e’lon qilindi
«Gracenote» kompaniyasi (AQSh) Pekinda o‘tadigan Qishki olimpiadada qaysi mamlakatlar eng ko‘p medallarni qo‘lga kiritishi borasida o‘z prognozini e’lon qildi. Kompaniya ekspertlariga ko‘ra, yetakchi uchlikni Yevropa jamoalari tashkil etadi.
Tahlilchilar birinchi o‘rinni Norvegiya terma jamoasi egallashini taxmin qilishyapti: jami 44 medal (21 oltin, 13 kumush, 10 bronza).
Skandinavlardan keyingi o‘ringa Germaniyani joylashtirishdi: 30 medal (11-11-8).
Rossiya Olimpiya qo‘mitasi — uchinchi o‘rinda: ular ham 30 ta medalli bo‘lishlari kutilyapti, faqat sifati pastroq: 10 oltin, 12 kumush va 8 bronza.
Medallarga da’vogarlar kuchli o‘nligiga AQSh, Kanada, Shveysariya, Niderlandiya, Shvetsiya, Fransiya va Yaponiya terma jamoalari kiritildi.
Pekin olimpiadasiga 4-fevral kuni start beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter