O‘FA yangi prezidenti: «Paxtakor» va «Metallurg» o‘yini haqiqiy maynavozchilik bo‘lgan»

Bugun, 25-yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining maxsus muxbiri ushbu tadbirda ishtirok etmoqda. Muxbirimizning xabar berishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ochilboy Ramatov noxolis hakamlik va kelishilgan o‘yinlar muammosi haqida keskin fikr bildirgan.
— O‘zbekiston futbolida noxolis o‘yinlar ko‘payib ketgan. Hakamlar yo‘q joydan penalti belgilab beradi yoki o‘yindan tashqari holatni o‘ylab topadi. Bunaqa holatlarni o‘zim ham ko‘p ko‘rganman. Mana, uch yil oldin «Paxtakor» va «Metallurg» o‘yini bo‘lib o‘tgan edi. Bu o‘zbek futboli uchun haqiqiy maynavozchilik. Bundan keyin bunaqa holatga yo‘l qo‘ymaymiz.
Muxbirimizning xabariga ko‘ra, Ochilboy Ramatov futbol borasida O‘zbekiston Prezidenti bilan suhbatda bo‘lgan va jiddiy topshiriq olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter