«Paxtakor» so‘nggi daqiqalarda «As-Sadd»dan mag‘lubiyatga uchradi
Osiyo chempionlar ligasining «D» guruhida ishtirok etayotgan «Paxtakor» bugun Qatarning «As-Sadd» klubi mehmoni bo‘lib, alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi.
Xavi bu safar ham o‘z so‘zini aytdi. U bahsning 10-daqiqasida jarima zarbasini ajoyib tarzda golga aylantirdi. Quvvatov faqatgina tomoshabin vazifasini o‘tab berdi.
O‘tkazib yuborilgan goldan keyin paxtakorchilar tashabbusni o‘z tomonlariga og‘dirib, dohaliklar darvozasi tomon bosimni oshirishdi. Ularning sa’y-harakatlari 30-daqiqada o‘z samarasini berdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Krimets bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limda ustunlik to‘laligicha «As-Sadd» tomonida bo‘lsa, Arvaledze shogirdlari himoyalanishga majbur bo‘lishdi. Ayniqsa, Xavi tomonidan yo‘llangan ikkita o‘ta xavfli zarbalarni darvozabonimiz bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘yin durang sari yaqinlashayotgan edi. Ammo o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida himoyachi Sherzod A’zamov raqib futbolchilari qurshovida bo‘lishiga qaramay, ularni aldamoqchi bo‘ldi va to‘pni yo‘qotdi. Xavining pasidan keyin Bog‘dod Bunidja yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, «Paxtakor» ushbu mag‘lubiyatdan keyin jadvalda 3-o‘ringa tushib qoldi.
OChL. «D» guruhi, 4-tur
«As-Sadd» — «Paxtakor» — 2:1 (1:1)
Gollar: Xavi (9), Bog‘dod Bunidja (87) — Yegor Krimets (30)
Ogohlantirishlar: Gabi (40), Hamid Ismoil (58) — Dragan Cheran (20), Sanjar Quvvatov (32), Odil Hamrobekov (36), Doston Hamdamov (69), Yegor Krimets (89)
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimets (S), Sherzod A’zamov, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Igor Sergeyev 88), Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Doston Hamdamov (Jasur Yaxshiboyev 84), Marat Bikmayev (Javohir Sidiqov 62)
«As-Sadd»: Saad ash-Shiyb, Abdulkarim Hassan, Hamid Ismoil, Toriq Salman, Bualim Xuxiy, Salim al-Hajriy (Jun Vu Yong 79), Xavi (s), Gabi, Ali Asadilla (Yosir Iso 66), Hasan al-Haydos, Bag‘dod Bunayja
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter