Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paulo Dibala: «Koronavirusdan to‘liq tiklanganim yo‘q»

Paulo Dibala: «Koronavirusdan to‘liq tiklanganim yo‘q»

Foto: «Footboom»

Turinning «Yuventus» klubi forvardi, koronavirus bilan kasallangan Paulo Dibala hali mashg‘ulotlarga to‘liq shay emas. Bu haqda u «Football Italia»ga ma’lum qildi.

Koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqanini Dibala 21 mart kuni ma’lum qilgandi. Turinliklar matbuot xizmati argentinalik muvaffaqiyatli davolanib chiqqanini 6 may kuni ma’lum qildi. O‘tgan vaqt davomida o‘yinchi topshirgan to‘rtta test ham musbat chiqqandi.

«Koronavirusga chalingandim, hozir barchasi ortda qoldi. To‘liq tiklangan bo‘lmasam ham oldingidan yaxshiman. Jamoa mashg‘ulotlarga qaytyapti, mavsum davom ettiriladi, tez orada eng yaxshi ko‘rgan ishimiz bilan mashg‘ul bo‘lamiz», — ta’kidladi futbolchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring