Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiya va futbol: Qatar JCh-2022ni qanday o‘tkazmoqchi?

Pandemiya va futbol: Qatar JCh-2022ni qanday o‘tkazmoqchi?

Foto: «Regnum»

Futbol bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempionati oldingilari kabi «odatiy tarzda» o‘tishiga tashkilotchilar umid qilishmoqda. Koronavirusga qarshi vaksinalarning tayyor bo‘layotgani va hademay keng ishlab chiqarila boshlanishi «biz uchun juda yaxshi yangilik», dedi JCh-2022 tashkiliy qo‘mitasi raisi Nassir al-Xatir «Assoshieyted Press» agentligiga kecha bergan intervyusida.

Nassir al-Xatir. Foto: «Assoshieyted Press»

Qatar «muxlislarni qabul qilish imkoniyatini» hamda «binoyidek va muvaffaqiyatli» jahon chempionatini o‘tkazishni intiqlik bilan kutayotganini qo‘mita raisi JCh saralashlariga qur’a tashlanishi arafasida ma’lum qildi.

2022-yilgi Jahon chempionati 21-noyabrdan 18-dekabrgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Yaqin Sharq ilk marotaba mundialga mezbonlik qiladi. Amaldagi jahon chempioni Rossiyada 2018 yili o‘tkazilgan o‘yinlar g‘olibi — Fransiya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring