«O‘zbekneftgaz» rahbari Mehriddin Abdullayev yana bir lavozimga saylandi
![«O‘zbekneftgaz» rahbari Mehriddin Abdullayev yana bir lavozimga saylandi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1577094606.jpg)
Mehriddin Abdullayev.
«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining raisi etib saylandi.
Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi maslahatchisi, boshqaruv apparati rahbari Kamoliddin Usmonov federatsiya raisining umumiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi direktori Akbar Fozilov moliyaviy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari, Barselona-1992 Olimpiya o‘yinlari chempioni Andrey Abduvaliyev esa sport masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari etib saylanishdi.
Eslatib o‘tamiz, Mehriddin Abdullayev «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti ham hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter