«O‘zbekistonning golidan keyin butun Xanoy shahri jimjit bo‘lib qoldi». Singapur nashri O‘zbekiston g‘alabasi haqida yozdi
![«O‘zbekistonning golidan keyin butun Xanoy shahri jimjit bo‘lib qoldi». Singapur nashri O‘zbekiston g‘alabasi haqida yozdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/7/720_460_95_2798611384.png)
Singapurning eng ommabop nashrlardan biri bo‘lgan, 352 ming nusxada chop etiladigan «The Straits Times» gazetasi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatidagi g‘alabasi haqida maqola e’lon qildi.
Maqolada shunday deyiladi: «Vetnam va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi U-23 Osiyo chempionati finalini Vetnamning 90 millionlik aholisi bir tanu bir jon bo‘lib birgalikda tomosha qilishdi. Xanoy shahri ko‘chalari go‘yoki qizil dengizga o‘xshar edi».
![](http://static.xabar.uz/uploads/1/Te09IutA6nMG6-gBBVWsiFXrL9CqtcxM.png)
«Vetnam butun o‘yin davomida kuchli raqibga qarshi munosib harakat qildi. Ayniqsa, ekstra-taymlar yakuniga yetib, penaltilar seriyasi yaqinlashgani sari vetnamlik muxlislarda umid uchqunlari paydo bo‘layotgandi.
![](http://static.xabar.uz/uploads/1/-YPYMh5LosOYd8rHySb6p2ZvcjHohFw9.png)
Uchrashuvni birgalikda tomosha qilayotgan muxlislar o‘rtasida ajoyib kayfiyat, ajoyib muhit hukmron edi. Ammo O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi daqiqada gol urganidan keyin butun Xanoy shahri jim-jit bo‘lib qoldi. Go‘yoki hamma narsa to‘xtab qolgandek edi... » — deyiladi maqolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter