Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning barcha Osiyo o‘yinlaridagi natijalari bitta infografikada

O‘zbekistonning barcha Osiyo o‘yinlaridagi natijalari bitta infografikada

Foto: «Xabar.uz»

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari nihoyasiga yetdi. O‘zbekistonlik sportchilar 21 ta oltin, 24 ta kumush, 25 ta bronza — jami 70 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 5-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

O‘zbek sportchilari qator rekordlarni yangilash bilan ham tarixda qolishdi.

Osiyo o‘yinlari 18-marotaba o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘zbekistonliklar unda 7-marotaba qatnashishdi.

Xirosimadagi 1994-yilgi dastlabki ishtiroki bilan vakillarimiz osiyoliklar uchun munosib raqib paydo bo‘lganini isbotlay olishgandi. O‘shanda ham xuddi hozirgidek umumjamoa hisobida beshinchi o‘rin qo‘lga kiritilgandi (10 ta oltin, 11 ta kumush, 19 ta bronza medal).

Umuman, Inchxondagi 2014-yilgi Osiyo o‘yinlarini istisno qilganda, o‘zbek sportchilari doim kuchli o‘nlikka kirishgan.

Shu paytgacha eng ko‘p oltin medal (15 ta) Pusanda 2002-yili qo‘lga kirtilgan bo‘lsa, jami to‘plangan medallar soni bo‘yicha 2010-yili Guanchjou maydonlari biz uchun muvaffaqiyatli kelgandi.

Biroq ham medallar sifati, ham soni bo‘yicha Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari terma jamoamiz uchun eng yaxshisi bo‘ldi. Sportimiz tarixida yangi sahifa ochildi.

Quyidagi infografika orqali bunga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring