Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik sportchi Osiyo o‘yinlaridan chetlatildimi?

O‘zbekistonlik sportchi Osiyo o‘yinlaridan chetlatildimi?

Foto: «gubdaily.ru»

Shosseda velopoygalar bo‘yicha uch karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori Olga Zabelinskaya Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun Indoneziyaga yo‘l olgan edi.

Avvalroq asli rossiyalik ushbu sportchining O‘zbekiston pasportini olgani va yangi terma jamoada o‘z faoliyatini davom ettirishi haqida xabarlar berilgan edi.

«RIA Novosti»ning ma’lum qilishicha, Olga Zabelinskaya Osiyo o‘yinlarining jamoaviy poygalaridan chetlatilgan. Undan qo‘shimcha hujjatlar talab etilgan. Endi esa sportchi Osiyo o‘yinlarida umuman ishtirok eta oladimi-yo‘qmi, shu bo‘yicha qaror chiqishini kutmoqda.

«Vetnam jamoasi e’tiroz bildirgani uchun men jamoaviy poygalarda ishtirok eta olmadim. Biror chora ko‘rish uchun vaqt qolmagan edi. UCI (Xalqaro velosportchilar uyushmasi)dan hujjatlar so‘rashdi, biz taqdim etdik. Boshqa hech narsa talab qilishmadi. Endi yakkalik bahslariga ruxsat berishlarini kutmoqdaman», — deya vaziyatni izohlagan Olga Zabelinskaya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring