O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi 48 yoshida vafot etdi
O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi, OFK komissari Alisher Mo‘minov 48 yoshida vafot etdi. «Daryo»ning yozishicha, mutaxassisning o‘limiga yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan
Shu munosabat bilan Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Shayh Salmon bin Ibrohim al-Halifa marhumning oila a’zolari, do‘stlari va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga hamdardlik bildirdi.
«Bugun Osiyo futbol oilasi nomidan Alisher Mo‘minovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziyamni bildiraman.
OFKning ayollar futbolchi qo‘mitasidagi va komissarlik vazifalari orqali Mo‘minov Osiyo futboli rivojiga muhim hissa qo‘shdi. Biz haqiqiy futbol fidoyisini yo‘qotdik va butun Osiyo futboli bu yo‘qotishdan chuqur qayg‘uda», — deya Shayh Salmon so‘zlarini keltirmoqda OFK matbuot xizmati.
O‘FA xalqaro bo‘limi xodimi Alisher Mo‘minov 1998—2002-yillar davomida OFK ayollar futboli qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. 1999 yilda o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining tashkiliy ishlarida muhim vazifalarni bajargandi.
Shuningdek, mutaxassis JCh—2010 saralashi final bosqichi, Olimpiada—2008 saralash bosqichi, Osiyo Kubogi—2007 saralash bosqichi, OFK Chaqiruv Kubogi—2010, futzal bo‘yicha Osiyo chempionati—2010, OChL va OFK Kubogi kabi qator musobaqalarda komissar sifatida faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter