O‘zbekistonlik bokschilar Jahon kubogini g‘alaba bilan boshladi

Kecha, 31-mart kuni tunda Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini boshladi.
Dastlabki kunda ringga chiqqan uchala o‘zbekistonlik bokschi ham g‘alaba qozondi:
- -55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Nebil Ibrahim (Shvetsiya) 5:0
- -70 kg: Iqboljon Xoldorov — Damyan Durkach (Polsha) 5:0
- -80 kg: Javohir Ummataliyev — Alfred Kommi (Italiya) 4:1
Shuningdek, bugun tunda yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi dunyo birinchiligida o‘z ishtirokini boshlaydi:
- -60 kg: Madiyar Daniyarov - Mishel Baldassi (Italiya)
- -50 kg: Asilbek Jalilov - Nurzat Ongarov (Qozog‘iston)
- -85 kg: Akmaljon Isroilov - Leonid Berisha (Shveysariya)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter