Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondan yana bir chempion chiqmoqda

O‘zbekistondan yana bir chempion chiqmoqda

Gretsiyaning Iraklion shahrida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida yigitlar o‘rtasida -102 kg vazn toifasidagi bahslar hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinovning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Polvonimiz dast ko‘tarish mashqida 168 kg natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarish mashqida esa 204 kg bilan oltin medalni naqd qildi. Asosiysi, har ikki mashq yakunida 372 kg natija qayd etgan polvonimiz chempionlikni tantana qildi.

Og‘ir atletika bo‘yicha U-20 JCh

Yigitlar, -102 kg:

  1. Sharofiddin Amriddinov (O‘zbekiston) – 372 (168+204) kg
  2. Petros Petrosyan (Armaniston) – 363 (161+202) kg
  3. Muhammad Hamada (Falastin) – 361 (168+193) kg

Qayd etish joiz, ushbu vazn Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev ishtirok etadigan toifaga juda yaqin. Yosh o‘g‘lonimizning ushbu g‘alabasi og‘ir vazn toifasida yana bir o‘zbek polvonining katta sahnaga chiqayotgani, nomdor hamyurtlariga munosib o‘rindosh yetishib chiqayotganidan dalolat beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring