Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda transfer oynasi qachondan ochilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda transfer oynasi qachondan ochilishi ma’lum qilindi

Foto: Pfl.uz

12 iyun kuni superligada 15-tur uchrashuvlari yakuniga yetadi va Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati munosabati bilan milliy chempionatimizda qisqa tanaffus yuzaga keladi. Pro-ligada esa jamoalar 29 iyundan ta’tilga yo‘l olishadi.

O‘zbekiston professional futbol ligasi yozgi transferlar oynasi 18 iyun – 15 iyul sanalari oralig‘ida bo‘lishini ma’lum qildi. Transferlar oynasi ochilish va yopilish sanalariga hech qanday o‘zgartirish kiritilmadi. Superliga hamda pro-liga ishtirokchi jamoalari mazkur davr oralig‘ida o‘z tarkiblarini yangi futbolchilar bilan to‘ldirib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

O‘zbekistonda yozgi transferlar davri reglamentda belgilangani kabi, 4 haftadan oshmaydigan muddatda, ya’ni 18 iyun - 15 iyul sanalari oralig‘ida bo‘lishi FIFA tomonidan tasdiqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring