O‘zbekiston yoshlari alamli mag‘lubiyatga uchradi
Argentina mezbonlik qilayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining ochilish o‘yinida O‘zbekiston hisobda oldinga chiqib olgan edi.
Mahmudjon Mahamadjonov raqibning sarosimasidan unumli foydalanib hisobni ochdi. Bu ushbu chempionatning birinchi goli bo‘ldi.
Biroq keyingi xatolar jamoamizda kuzatildi va argentinaliklardan Alexo Veliz va Valentin Karboni javob gollarini urib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib olishdi.
JCh U-20. A guruhi. 1-tur. 20 may
Argentina — O‘zbekiston 2:1
Gollar: Veliz (27), Karboni (41) — Mahamadjonov (23).
Argentina — Gomes, Giay, Di Lollo, Gomes, Barko, Perrone (Redondo, 59), Tanlongo (Miramon, 72), Sule (Romero, 85), Karboni (Infantino, 72), Agirre, Veliz (Maestro, 85).
O‘zbekiston — Boymurodov, Husanov, O‘rozov, Ortiqboyev (Akramov, 85), Abdurahmatov, Mahamadjonov, Asqarov, Rahmonaliyev, Esanov (Abdurazzoqov, 64), Fayzullayev, Xoldorxonov (Turdimurodov, 77).
Ogohlantirishlar: Giay (11), Tanlongo (45+7), Ortiqboyev (80).
Guruhning ikkinchi o‘yinida Yangi Zelandiya Gvatemaladan minimal hisobda ustun keldi.
Endi Ravshan Haydarov jamoasi 2-turni 23 may kuni aynan Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazadi.
Gvatemala — Yangi Zelandiya 0:1
Gol: Garbett (80).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter