O‘zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvi bekor qilindi
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida saf tortishi kerak edi.
O‘FA matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘yin o‘tkazilmaydi. «Bugun tongda Yangi Zelandiya terma jamoasining 12 futbolchisida o‘yinoldi tekshiruvda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Raqib jamoa vakillari bunday holatda o‘ynay olmasliklari, murabbiy esa tarkib shakllantirish uchun yetarlicha futbolchilarga ega emasligini bildirdi. O‘z navbatida O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham futbolchilar salomatligi ustuvor hisoblanadi. Natijada tomonlar bugungi o‘yinni qoldirishga qaror qilishdi», - deb yozadi federatsiya rasmiy bayonotida.
O‘yin oldidan topshirilgan PSR-testlar jamoamizning barcha a’zolarida manfiy chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston terma jamoasining Yaponiya va Bahrayn bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari ham bekor qilingan edi. 10 yanvar kuni boshlangan Dubaydagi yig‘in chog‘ida Srechko Katanets boshchiligidagi termamiz «Al Vahda» (BAA) klubi bilan nazorat va Janubiy Sudan terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter