O‘zbekiston vakili o‘n uch yil kutilgan oltinni qo‘lga kiritdi
Germaniyada o‘tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Artur Guliyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kanoechimiz 200 metr masofaga kechgan hal qiluvchi poygada eng yaxshi natijani qayd etib chempionlikka erishmoqda.
Bu mazkur sportda jahon chempionatlarida 13 yil kutilgan oltin medal. So‘nggi bor Vadim Menkov 2010-yilgi dunyo birinchiligida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgandi.
S1 200 m:
Artur Guliyev (O‘zbekiston) – 38.729
Xoan Moreno (Ispaniya) – 38.769
Oleksiy Koliadix (Polsha) – 39.046
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter