O‘zbekiston uchun muhim o‘yin: «oq bo‘rilar» bugun zafar quchadimi?
Bugun futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz JCh-2022 saralash bahsida guruh bosqichidagi oltinchi o‘yinini o‘tkazadi. Raqibimiz anoyi emas: Singapur MTJ jismonan baquvvat, jamoaviy o‘yini ancha yetuk.
Garchi raqibimiz FIFA reytingida bizdan ancha quyida tursa ham, ularning imkoniyatini past baholay olmaymiz. O‘yin haqda bir qancha faktorlarni ko‘rib chiqsak.
O‘zbekiston MTJ so‘nggi 5 o‘yinning 3 tasini yutgan va ikkitasida imkoniyatni boy bergan. E’tiborli jihati so‘nggi 3 ta g‘alaba o‘zimizning maydonda qo‘lga kiritilgan. Demak, biz o‘z maydonimizda yaxshiroq o‘ynaymiz. Safarda o‘tgan so‘nggi 5 o‘yinda esa 2 g‘alaba va 1 durangni rasmiylashtirganmiz. Safardagi natijamiz ko‘ngildagiday emas. Safar o‘yinlarida ob-havo yigitlarimizga noqulay bo‘lishi mumkin.
Garchi O‘zbekiston ham issiq iqlimli mamlakat bo‘lsa ham, Saudiyadagi harorat bizdagidan ancha yuqori.
Singapur MTJ so‘nggi 5 o‘yinda bizning natijaning teskarisini, ya’ni 2 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. Singapur MTJ o‘z maydonida yaxshi o‘yin ko‘rsata olmaydi. O‘z maydonida 1 ta g‘alaba, 1 ta durang qayd etgan. Raqiblarimiz safar o‘yinlari statistikasi ko‘ngildagiday emas.
Ular oxirgi 5 safar o‘yininning atigi bittasini yutgan.
Ikki terma jamoa ham o‘yinga yaxshi tayyorlanganliklarini bildirib o‘tishgan. Garchi FIFA reytingida katta farq bilan (86-159) oldinda tursak ham, xotirjamlikka berilib bo‘lmaydi. FIFA reytingida 104-o‘rindagi Falastin bizni qanday yengishni ko‘rsatib qo‘ygan.
O‘zbekiston MTJda personal mahoratga ega futbolchilar ko‘p. Eldor Shomurodov, Jaloliddin Masharipov, Otabek Shukurov kabi ko‘plab iste’dodlar to‘p surishadi. Singapur MTJ esa tarkibga ko‘proq mahalliy futbolchilarni jalb etgan. Bugun personal futbol va jamoaviy o‘yinning o‘zaro to‘qnashuvini ko‘rishimiz mumkin bo‘lar.
Mag‘lubiyat ham, durang ham Milliy terma jamoamizga qimmatga tushishi mumkin. Osiyo mintaqasida saralashning uchinchi bosqichiga chiqish uchun guruhlarda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2 terma jamoa saralab olinadi. So‘nggi turdagi raqibimiz Saudiya ekanligini hisobga olsak, kelasi ikki bahsni eng kamida g‘alaba bilan yakunlashimiz kerak. Yigitlarga omad tilaymiz.
7 iyun, JCh-2022 saralash bosqichi
«King Fahd International stadium», Ar Riyod, Saudiya Arabistoni,
O‘zbekiston – Singapur |07.06.2021 - 23:00
Hakamlar: Ali Abdulnabi Alsamahiji (Bahrayn) - bosh hakam; Navof Shahin Musa (Bahrayn), Fadi Mahmud (Suriya) - yon hakamlar; Muhammad Abdulla (BAA) - zaxira hakami; Umar Musa Abu Lum
(Iordaniya) - hakamlar nazoratchisi.
Uchrashuv komissari: Asep Saputra (Indoneziya)
Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichda saralash bahslari Saudiya Arabistonida markazlashgan holda o‘tkazilmoqda.
Terma jamoa |
O‘zbekiston MTJ |
Singapur MTJ |
Guruhdagi o‘rni |
2 |
4 |
O‘yinlar soni |
5 |
6 |
G‘alaba |
3 (60%) |
2 (33.33%) |
Durang |
0 (0%) |
1 (16.67%) |
Mag‘lubiyat |
2 (40%) |
3 (50%) |
Ochko |
9 (1.8) |
7 (1.17) |
Urilgan gollar (har bir bahsda) |
12 (2.4) |
7 (1.17) |
O‘tkazilgan gollar (har bir bahsda) |
6 (1.2) |
14 (2.33) |
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter