O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonni yirik hisobda mag‘lub etdi
BAAda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Mazkur bahsda Srechko Katanets shogirdlari 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘zbekiston — Qirg‘iziston 4:1
Gollar: Abbosbek Fayzullayev (23), Azizbek Amonov (53), Jaloliddin Masharipov (55), G‘olib G‘aybullayev (80).
Eslatib o‘tamiz, 12 yanvarda Qatarda Osiyo chempionati start oladi. O‘zbekiston V guruhida 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi maydonga tushsa, 18 yanvarda Hindiston, 23 yanvarda esa Avstraliyaga qarshi o‘ynaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter