O‘zbekiston terma jamoasi Livanni mag‘lub eta olmadi
Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Avstraliyaning Brisben shahrida Livan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limda futbolchilarimiz to‘pni nazorat qilishga harakat qilgan bo‘lsa, Livan qarshi hujumga e’tibor qaratdi. Ikkinchi bo‘limni vakillarimiz ancha faol boshlashdi. Ammo 59-daqiqada Davron Hoshimov qo‘pollik ishlatib, ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni tark etdi.
Bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan Livan xavfli hujumlar tashkil qildi. Ammo himoyachilar va darvozabon ishonchli o‘ynab, hujumlarni bartaraf etish uddasidan chiqishdi. So‘nggi daqiqalarda esa ustunlik Ektor Kuper shogirdlari qo‘liga o‘tdi. Ammo qator hujumlar gol bilan yakunlanmadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston — Livan 0:0
O‘zbekiston: 12. Eldorbek Suyunov, 4. Davron Hoshimov, 5. Anzur Ismoilov (s), 3. Yegor Krimets, 19. Vladimir Kozak, 17. Doston Hamdamov, 16. Otabek Shukurov, 7. Odil Hamrobekov, 22. Javohir Sidiqov, 8. Ikrom Aliboyev, 10. Marat Bikmayev
Livan: 1. Mehdi Kahlil, 2. Qosim Al-Zayn, 3. Mo‘’taz Billah Al Junaydi, 5. Nosir Nassar, 6. Joan Umariy, 7. Hasan Maatuk (c), 10. Muhammad Haydar, 13. Jorj Feliks Melki, 15. Samir Ayyas, 19, Robert Aleksandr Melki, 22. Bassel Jradi.
Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20-noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter