O‘zbekiston terma jamoasi bugundan mashg‘ulotlarni boshlaydi
Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDR hamda Qatar milliy terma jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlari oldidan yig‘inga kirishadi. Bugun yig‘inga jalb qilingan futbolchilar poytaxtimizdagi «O‘zbekiston temir yo‘llari» stadionida birinchi mashg‘ulotni o‘tkazishadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper 2 oktyabr kuni yig‘inga jalb etilgan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qilgan edi.
Yig‘in davomida Ektor Kuperga uning yordamchilari Xose Karlos Fantagutssi, Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad yordam berishadi.
Bugungi mashg‘ulot soat 16:30 da boshlanadi. Yig‘inga Ektor Kuper quyidagi futbolchilarni chaqirgan:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (Lokomotiv)
Eldor Suyunov (Paxtakor)
Botirali Ergashev (Navbahor)
O‘tkir Yusupov (Qo‘qon-1912)
Himoyachilar:
Yegor Krimets (Paxtakor)
Anzur Ismoilov (Lokomotiv)
Sherzod A’zamov (Paxtakor)
Doston Tursunov (Neftchi)
Oleg Zoteyev (Lokomotiv)
Vladimir Kozak (Paxtakor)
Akmal Shorahmedov (Paxtakor)
Davron Hoshimov (Navbahor)
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (Nasaf)
Aziz Haydarov (Bunyodkor)
Jaloliddin Masharipov (Paxtakor)
Javohir Sidiqov (Qo‘qon-1912)
Ikrom Aliboyev (Lokomotiv)
Odil Ahmedov (Shanxay SIPG, Xitoy)
Eldor Shomurodov (Rostov, Rossiya)
Otabek Shukurov (Sharja, BAA)
Doston Hamdamov (Anji, Rossiya)
Hujumchilar:
Ivan Nagayev (Qizilqum)
Marat Bikmayev (Lokomotiv)
Husniddin G‘ofurov (Lokomotiv)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter