O‘zbekiston tarixiy g‘alaba qayd etdi
O‘zbekiston taekvondochilari Janubiy Koreyada o‘tgan Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallab, tarixiy g‘alabaga erishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ulug‘bek Rashitov, Jasurbek Jaysunov, Nikita Rafalovich va Shuhrat Salayev barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldilar.
Shu paytgacha o‘tkazilgan qit’a chempionatlarining birontasida vakillarimiz bu qadar ko‘p oltin medallarga musharraf bo‘lmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter