Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarini kuchli boshladi

O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarini kuchli boshladi

Xitoyning Xanchjou shahrida IV Para Osiyo o‘yinlari start oldi. O‘zbekiston uchta oltin, bitta bronza bilan boshladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqaning birinchi kunini muvaffaqiyatli boshladi. Para-kanoe bahslarida hamyurtlarimiz Shahzoda Mamadaliyeva (VL3), Irodaxon Rustamova (VL2) hamda Azizbek Abdulhabibov (KL2) o‘z dasturlarida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Ayni paytda para-yengil atletika bahslarida medallar o‘ynalmoqda. Hamyurtimiz Sarvar Azimov F32  klassida kechgan klab uloqtirish bahsida 39.13 metr bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring