O‘zbekiston OTJ Ispaniyada 3ta uchrashuv o‘tkazadi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Tokio-2020 olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati saralashida qatnashadi.
Ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning 14-25-fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig‘in o‘tkazadi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.
Yig‘in davomida terma jamoamiz 3ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Jumladan, 16-fevral kuni Avstriyaning «VSG Vattens» klubiga qarshi maydonga tushishadi. 19-fevralda esa «Real Mursiya A» jamoasi bilan kuch sinashishadi. 21-fevral kuni «Lokomotiv Tbilisi» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter