O‘zbekiston OTJ guruhdan chiqish vazifasini uddaladi
![O‘zbekiston OTJ guruhdan chiqish vazifasini uddaladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2297098265.jpg)
Xitoyda davom etayotgan Osiyo chempionati doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ummon olimpiya terma jamoasi ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘zbekistonning yagona goliga 37-daqiqada raqib jarima maydonidagi tartibsizlikdan unumli foydalangan Dostonbek Tursunov mualliflik qildi.
«A» guruhining yana bir uchrashuvi — parallel ravishda kechgan Xitoy va Qatar olimpiyachilari bellashuvida qatarliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Mezbonlar tezkor gol bilan hisobga ochgan bo‘lishiga qaramay, qizil kartochka va majburiy o‘zgarishlar o‘z kuchini ko‘rsatdi — yakunda ikki gol o‘tkazib yuborgan Xitoy musobaqa bilan xayrlashdi.
Shu tariqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.
![](http://static.xabar.uz/uploads/1/720__sYtrggTTsbDPXRvbsdlGW5iT_ItFV4fP.jpg)
Foto: «Twitter»/ #AFCU23
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter