O‘zbekiston MTJ nihoyat «tirildi». Chiroyli o‘yin va javobsiz 5 ta gol!
Poytaxtimizda JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Yaman uchrashuvi yakunlandi. Vadim Abramovning terma jamoaga qaytishi jamoa o‘yinini jonlantirdi va muxlislar o‘yinda 5ta gol ko‘rishdi.
Uchrashuvning debyutidayoq ajoyib kombinatsiyadan so‘ng debyutant Sanjar Qodirqulov aniq zarba bilan darvozaning yuqori burchagini nishonga oldi.
So‘ng jamoa yulduzi Eldor Shomurodov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Jamshid Iskanderov uchinchi golni urdi.
To‘rtinchi va beshinchi gollarga Islom To‘xtaxo‘jayev hamda Igor Sergeyevlar mualliflik qilishdi.
JCh-2022 saralash. Osiyo bosqichi
O‘ZBEKISTON — YAMAN 5:0
Gollar: Sanjar Qodirqulov (3), Eldor Shomurodov (33), Jashid Iskanderov (53), Islom To‘xtaxo‘jayev (72), Igor Sergeyev (90).
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Rustam Ashurmatov, Farrux Sayfiyev (Ikrom Aliboyev, 75), Otabek Shukurov, Jamshid Iskanderov (Odil Ahmedov, 57), Doston Hamdamov, Jaloliddin Masharipov, Sanjar Qodirqulov, Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 79).
Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston JCh-2022 saralashidagi ilk 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, saralashning ilk o‘yinida O‘zbekiston MTJ safarda Falastin termasidan mag‘lub bo‘lib qaytgandi. Shundan so‘ng ma’lum vaqt o‘tib argentinalik marabbiy Ektor Kuper iste’fo bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter