Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MTJ murabbiylar shtabiga Qosimov, Arveladze va Berdiyev jalb etildi

O‘zbekiston MTJ murabbiylar shtabiga Qosimov, Arveladze va Berdiyev jalb etildi

Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 va 27-mart kunlari Afrikaning ikkita terma jamoasi, JCh-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash bilan safarda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

Mana shu o‘yinlarga futbolchilarni saralab olish, ularni tayyorlash va olib borish va murabbiylar shtabini shakllantirish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Temur Kapadzeda hali murabbiylik tajribasi yo‘qligini inobatga olgan holda, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan tuzilgan tajribali mutaxassislardan iborat murabbiylar kengashi Temur Kapadzega O‘zbekiston milliy terma jamoasini bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yinlariga tayyorlashga yordam beradi.

O‘FA axborot xizmatining xabariga ko‘ra, murabbiylar kengashidan «Bunyodkor» klubi ustozi Mirjalol Qosimov, «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze va «Nasaf» jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev joy olgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar avval Toshkentda yig‘inni boshlashadi, keyin esa Mirjalol Qosimov, Shota Arveladze, Ro‘ziqul Berdiyev, Temur Kapadzedan iborat murabbiylar kengashi boshchiligida Marokashga yo‘l olishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring