O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaning o‘rtoqlik o‘yini borasidagi taklifini rad etdi
«Bavariya» futbolchisi Hames Rodriges to‘p suradigan Kolumbiya terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Bu haqda «Olamsport.uz» xabar berdi.
Kolumbiyaliklar JCh-2018 boshlanguniga qadar Yevropada O‘zbekiston bilan o‘ynashni istadi. Biroq O‘FA ushbu taklifga rad javobini berdi.
Bunga bir qator sabablar bor edi. Terma jamoamiz 8 iyun kuni Montevideo shahrida Urugvay bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Kolumbiya 12 iyun kuni Rossiyaning Qozon shahriga yetib borishi kerak. Terma jamoamiz Urugvaydan qaytib kelishiga vaqt juda kam edi. Bundan tashqari 10-12 iyun kunlari superligada 15-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter