Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ko‘pkari bo‘yicha butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari yarim finaliga chiqdi

O‘zbekiston ko‘pkari bo‘yicha butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari yarim finaliga chiqdi

Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida ishtirok etayotgani haqida ma’lum qilgan edik.

Musobaqaning ilk kunida O‘zbekistonlik sportchilar 11ta medalni qo‘lga kiritishgan edi. 5-sentyabr kuni o‘tkazilgan o‘yinlarning uchinchi kunida qirg‘iz kurashi bo‘yicha bahslarda yurtdoshlarimiz Mirkomil Axadqulov (-60 kg) va A’zamjon Anvarjonov (-96 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

O‘yinlar davomida barcha katta qiziqish bilan kuzatib borayotgan uloq ko‘pkari bahslarida ham O‘zbekiston ko‘pkari bo‘yicha milliy terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. O‘zbekiston ko‘pkari bo‘yicha milliy terma jamoasi 2018-yil 3-sentyabr kuni o‘tkazilgan Boshqirdiston Respublikasi bilan o‘yinda 20:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5-sentyabrda Fransiya jamoasini 19:6 hisobda mablug‘ etib yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, 2-sentyabrdan 8-sentyabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada dunyoning 66 davlatidan tashrif buyurgan 1556 nafar sportchi medallar uchun bahs olib bormoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi bo‘yicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring