O‘zbekiston JChni alamli mag‘lubiyat bilan boshladi

Bugun Litvada futzal bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘yinini o‘tkazdi.
Gvatemalaga qarshi kechgan o‘yin keskin kurashlarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston futzalchilari 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotib, ajoyib kambek qildilar va hisobni tenglashtirishdi.
Ammo raqiblarning so‘nggi soniyalardagi goli ularni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shu tariqa O‘zbekiston termasi JChdagi ishtirokini alamli mag‘lubiyat bilan boshladi.
Litva-2021. Jahon chempionati
O‘zbekiston - Gvatemala 4:5
Gollar: Fernando Kampanyak 4, Marvin Sandoval 5, Ixtiyor Ropiyev 6, 25, 35, Alan Aguliar 7, 40, Marvin Sandoval 22.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter