Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston futzalchilari so‘nggi daqiqada mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston futzalchilari so‘nggi daqiqada mag‘lub bo‘ldi

Tailandda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda O‘zbekiston futzal terma jamoasi maydon egalariga qarshi uchrashuvda so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, guruh g‘olibligini boy berdi.

Tailand – O‘zbekiston – 4:3

Gol: Suphavut Tueanklang (11), (26), Jetsada Chudech (36), Vorasak Srirangpirot (40) – Jetsada Chudech (4, avtogol), Husniddin Nishonov (19), Davron Choriyev (28).

Durang natija ham vakillarimizga birinchi o‘rinni kafolatlar edi. Ammo mag‘lubiyat sabab O‘zbekiston futzal terma jamoasi xalqaro turnirda A guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Endi futzalchilarimiz 29 iyul kungi yarimfinal uchrashuvida B guruhi g‘olibi Eron vakillariga qarshi bahs olib borishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring