O‘zbekiston Fransiyaga qarshi oq-ko‘k libosda o‘ynaydi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ertaga U-17 Jahon chempionatining chorak finali doirasida Fransiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz oq-ko‘k libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuvda foliyat olib boradigan hakamlar nomi ham ma’lum. Bosh hakam — Dahane Beida (Mavritaniya). Unga qanotlarda Dimbiniaina Andriatianarivelo (Madagaskar) va Jonatan Ahonto (Togo) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Pere Atchoga (Gabon) topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya — O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin 25 noyabr soat 13:30 da start oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter